» » Rossiyalik aktyor Dmitriy Maryanov o‘limining yangi sababi oshkor qilindi

Rossiyalik aktyor Dmitriy Maryanov o‘limining yangi sababi oshkor qilindi


Rossiya tergov qo‘mitasi aktyor Dmitriy Maryanov davolangan va vafot etgan reabilitatsiya markazining boshlig‘iga qarshi jinoyat ishi bo‘yicha tergovni yakunladi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”

Tergovdan ma’lum bo‘lishicha, “Feniks” reabilitatsiya markazi egasi Oksana Bogdanova Maryanovning tashxisi haqida bilar edi va shunga qaramay uning o‘z muassasasida davolanishni davom ettirishni xohladi.

“U xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlarni taqdim etganlik va inson o‘limiga sabab bo‘lganlikda ayblanmoqda”,— deyiladi xabarda.

47 yoshli teatr va kino aktyori Dmitriy Maryanov 2017–yilning 15-oktabr kuni vafot etgan. U Moskva yaqinidagi spirtli ichimliklarga qaram bo‘lgan kishilar uchun mo‘ljallangan “Feniks” reabilitatsiya markazida davolanayotgan paytda vafot etgan. O‘shanda aktyorning qanday preparatlarga qarshi ko‘rsatmasi borligi inobatga olinmay, ukol qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют