» » Angrenda o‘quvchi qiz buvisiga sovg‘a olaman deb, zargarlik buyumlari sotuvchisini shafqatsizlarcha o‘ldirdi

Angrenda o‘quvchi qiz buvisiga sovg‘a olaman deb, zargarlik buyumlari sotuvchisini shafqatsizlarcha o‘ldirdi


13-may kuni 15:00 da Angrenda IIBB xodimlari tomonidan 62 yoshli ayolning jasadi uning uyi oshxonasidan topildi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayol pichoq bilan berilgan zarbalardan keyin vafot etgan, deb xabar bermoqda Repost.

Pichoq bilan jarohatlar yetkazgan qiz jinoyat ustida qo‘lga tushirilgan, u IIBB xodimlaridan qochib ketishga uringan.

Tekshiruv chog‘ida aniqlanishicha, u 10-sinfda o‘qiydi. 13-may kuni taxminan 13:00 da qiz sotuvchi ayoldan buvisi uchun taqinchoq sotib olish maqsadida uning uyiga kelgan, ammo puli yetmay qolgan. Qizning yonida kichik pichoqchasi bo‘lgan, uni taqinchoqni qarzga olish uchun ayolni qo‘rqitib qo‘yish niyati bilan olgan. Rad javobi olgach, o‘quvchi qiz unga pichoq bilan ura boshlagan.

Uyda ayoldan tashqari, uning 8 yoshli nevarasi va bir tanishi ham bo‘lgan. Ularni ko‘rib, qiz jinoyat joyidan qochishga uringan, barcha taqinchoqlarni va pichog‘ini sumkasiga solib, marhumaning qiziga tegishli kiyimlarni kiygan va uy derazasidan chiqib ketmoqchi bo‘lgan. IIBB xodimlari qizni voqea joyida ushlagan.

Qizning sumkasidan qon izlari bo‘lgan ko‘ylak va yubka, 17 juft tilla zirak va uzuk, ikkita tilla zanjir topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют