» » Chiroqchida 90 yoshli momoga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va fuqarolik pasporti berildi

Chiroqchida 90 yoshli momoga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va fuqarolik pasporti berildi


Chiroqchilik Turdi momo Muhammadiyeva 90 yoshga to‘lganida tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va fuqarolik pasporti oldi. Bu haqda “Daryo”ga Qashqadaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi ma’lum qilmoqda.

Turdi momoga 2019-yilning 16-may kuni avval tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, keyin fuqarolik pasporti berilgan. Shunday qilib 90 yoshli momo bir kunda ham fuqarolik pasportiga, ham tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Turdi momo Muhammadiyeva 1929-yil 15-avgust kuni tumanning Langar MFY, “To‘laqul” qishlog‘ida tug‘ilgan bo‘lib, shu yoshga to‘lgunga qadar na guvohnoma va na pasportga ega bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 34) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют