» » Toshkentda talaba 3-qavatdan yiqilib tushgani haqidagi xabarlar yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot tarqatdi

Toshkentda talaba 3-qavatdan yiqilib tushgani haqidagi xabarlar yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot tarqatdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti talabasining uchinchi qavatdan yiqilib tushganligi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ushbu xabarlar yuzasidan axborot berdi.

Videoda tasvirlangan voqea bundan ikki yil avval, ya’ni 2017-yilning aprel oyi so‘ngida institutning Gidrotexnika qurilishi fakulteti o‘quv binosi va Toshkent International House akademik litseyi binosi o‘rtasidagi hududda sodir bo‘lgan.

Mazkur fakultetning o‘sha vaqtdagi 4-kurs talabasi Yo. Azamat litsey hovlisida o‘zaro gaplashib turgan tanishlari yoniga tezroq yetib borish maqsadida katta tanaffus ekanidan foydalangan holda do‘stlari yordamida uchinchi qavatdan tushmoqchi bo‘lib ehtiyotsizlik qiladi. Va natijada yiqilib tushadi, Yo. Azamatga hech qanday jiddiy tan jarohati yetmaydi.

Mazkur voqea o‘sha vaqtda Gidrotexnika qurilishi fakulteti talablari bilan muhokama qilinadi, talabaning ota-onasi bilan ham tushuntirish ishlari olib boriladi.

Fursatdan foydalanib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati OAV vakillaridan sohaga oid xabarlarni yoritishda hamkorlik qilish, fakt va dalillarni aniqlashtirib olishga chaqiradi. O‘zaro hamkorlik orqali jamoatchilikka nafaqat tezkor, balki haqqoniy ma’lumotlarni yetkazish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют