» » Ortiq Otajonovning vafoti, O‘zbekistonda kuzatilgan zilzila, Samarqandda yog‘gan do‘l va kunning boshqa xabarlari

Ortiq Otajonovning vafoti, O‘zbekistonda kuzatilgan zilzila, Samarqandda yog‘gan do‘l va kunning boshqa xabarlari


17-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Bugun, 17-may kuni O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston va Turkmaniston xalq artisti Ortiq Otajonov 72 yoshida vafot etdi.

Ortiq Otajonovning rafiqasi Gulsara aya 4-aprel kuni vafot etgan edi.

***

17-may kuni O‘zbekistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Toshkent vaqti bilan 05:39 Termiz hududida 2 balli zilzila qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 5 km chuqurlikda joylashgan.

***

16-may kuni Samarqand viloyati Samarqand tumanining tog‘li hududi hisoblangan Ohaliq qishlog‘ida kuchli do‘l yog‘ishi kuzatildi.

Do‘l ancha kuchli yog‘ib, daraxtlar va ekinlarga jiddiy zarar yetkazgan.

***

Oliy Majlis deputatlari hukumatga avtomobillarning kunduzi chiroq yoqib yurishi shartligi haqidagi qoidani bekor qilish bo‘yicha taklif kiritdi.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-apreldagi №292-sonli qarori bilan yo‘l harakati qoidalariga “kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shart”ligi bo‘yicha o‘zgartirish kiritilgan edi.

***

Angrenda o‘quvchi qiz buvisiga sovg‘a olaman deb, zargarlik buyumlari sotuvchisini shafqatsizlarcha o‘ldirdi.

Pichoq bilan jarohatlar yetkazgan qiz jinoyat ustida qo‘lga tushirilgan, u IIBB xodimlaridan qochib ketishga uringan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют