» » “Buyuk Kelajak” XNNT O‘zbekistonning 2035-yilgacha uzoq muddatli rivojlanish Strategik konsepsiya loyihasi bo‘yicha jamoat eshitishlari boshlanganini e’lon qiladi

“Buyuk Kelajak” XNNT O‘zbekistonning 2035-yilgacha uzoq muddatli rivojlanish Strategik konsepsiya loyihasi bo‘yicha jamoat eshitishlari boshlanganini e’lon qiladi


“Buyuk Kelajak” ekspertlari tayyorlagan strategiya Konsepsiyasi loyihasiga oid materiallar bilan rus, o‘zbek va ingliz tillarida tanishish, o‘z sharh va fikringizni ushbu sayt orqali qoldirishingiz mumkin http://uzbekistan2035.uz/uz.

2018-yilda davlatning har tomonlama ko‘magi bilan tashkil qilingan, “Buyuk Kelajak” ekspertlar kengashi 35 davlatdan ziyod, jumladan Rossiya, AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Kanada, Daniya, Shveysariya, BAA, Saudiya Arabiston, Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur, Yaponiya, Turkiya, Qozog‘iston, Finlyandiya va boshqa davlatlarda istiqomat qiluvchi 300 dan ortiq mutaxassis-vatandoshlarni birlashtiradi. U o‘zidan ulkan potensialga ega “intellektual markaz”ni ifodalagan holda, navqiron davlatimiz manfaatlari uchun yo‘naltirish zarur. Hozirgi vaqtta, XNNT “Buyuk Kelajak” oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirmoqda:

? O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish strategiyasi konsepsiyasini ishlab chiqish.

? O‘zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli rivojlanish modelini amalga oshirishda ko‘maklashish.

? O‘zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha bo‘lgan uzoq muddatli rivojlanish modelini joriy qilish bo‘yicha batafsil reja ishlab chiqish.

? O‘zbekiston Respublikasining 2017—2021-yillarda beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha rivojlanish strategiyasi doirasidagi amalga oshirilayotgan islohotlarni har tomonlama, ekspertlar tomonidan qo‘llab-quvvatlash.

Mamlakat tarixida ilk bor, bir necha yuz olim va amaliyotchilarning ko‘magi bilan qisqa muddatta “O‘zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha rivojlanish strategiyasining konsepsiyasi” deya nom olgan o‘ta muhim hujjat tayyorlandi.

Strategiya O‘zbekistonning 2035-yilgancha rivojlanishining 4 ta ssenariysini ifodalaydi:

? evolyutsion ssenariy — muvaffaqiyatsiz amalga oshirilgan islohotlar holatida tashqi ijobiy kon’yunktura;

? pessimistik ssenariy — muvaffaqiyatsiz amalga oshirilgan islohotlar holatida tashqi salbiy kon’yunktura va tashqi inqirozlar;

? dinamik ssenariy — tashqi ijobiy kon’yunktura va yirik investitsiya hajmi vaqtida islohotlar amalga oshiriladi;

? progressiv ssenariy — tashqi salbiy kon’yunktura va tashqi inqirozlar vaqtida islohotlar amalga oshiriladi.

Strategiya Konsepsiyasi loyihasi mamlakatning dinamik ssenariy bo‘yicha rivojlanishini ko‘zda tutib, yurtimizni dunyoning 50 ta iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shishni maqsad qilgan. U davlat boshqaruvini isloh qilish, iqtisodiy va ijtimoiy sohaning rivojlanishi, hamda innovatsiya va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash kabi hal qiluvchi yo‘nalishlardan iborat.

Davlat boshqaruvini isloh qilish yo‘nalishida, loyiha tomonidan qonunchilik bazasini takomillashtirish, sud tizimini isloh qilish, aholining siyosiy madaniyatini ko‘tarish, islohotlarni unumli amalga oshirish va davlat boshqaruvi institutlarini takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan. Bularning barchasi O‘zbekistonning xalqaro indekslardagi o‘rnini ko‘tarilishini ta’minlashi zarur.

Iqtisodiyotta sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligining rivojlanishi rejalashtirilmoqda. Tadbirkorlar tashabbuskorligiga, ularning moliyaviy imkoniyatlar bilan ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratiladi. Iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarga asoslangan holda, 2035-yilga borib, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 479 milliard dollarga yetishi ko’zda tutilgan.

2018-yil 28—29-iyun kunlari “O‘zbekiston-2035” birinchi xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi, unda hujjatni tuzish bo‘yicha asosiy yondashuvlar muhokama qilindi. “Dala tadqiqotlari” davomida vazirliklar va idoralarda uchrashuvlar o‘tkazildi, asosiy ma‘lumotlar yig‘ildi, buning asosida iqtisodiyotning hozirgi holati tahlil qilindi. Yekspertlarning taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda, O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining 2035-yilgacha mo‘ljallangan konsepsiyasining dastlabki nusxasi tayyorlandi.

2018-yil dekabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti idorasi vakillari uchun Taraqqiyot strategiyasi loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

2035-yil 5-6-fevral kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston-2035” ikkinchi xalqaro forumi O‘zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha rivojlanish strategiyasi konsepsiyasi ustida ishlashning navbatdagi bosqichi bo‘ldi. Konsepsiyaning keng qamrovli muhokamalarida deputatlar, davlat organlari, ilmiy va ta'lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar vakillari tomonidan qimmatli mulohazalar va tavsiyalar berildi. Qabul qilingan fikrlar Strategiya konsepsiyasi loyihasining materiallari sharhlar asosida takomillashtirildi va to‘ldirildi.

Jamoatchilik eshitishlarida O‘zbekistonning barcha fuqarolari, jinsi, millati va faoliyat turidan qat‘i nazar, ishtirok yetishi mumkin. Sharhlar va fikrlar jamoatchilik eshitishlari boshlangan kundan 30 lun davom etadi.

Jamoatchilik eshitishlari davomida qabul qilingan fikru mulohazalar asosida Strategiya konsepsiyasi loyihasi qayta ko‘rib chiqilib mamlakat rahbariyatiga taqdim yetish uchun tayyorlanadi.

“Buyuk Kelajak” XNNT O‘zbekiston fuqarolarini Strategiyya konsepsiyasi loyihasining materiallarini muhokama qilishda

http://uzbekistan2035.uz/uz saytida sharhlar qoldirish orqkali faol ishtirok yetishga chorlaydi.

Yurtimiz kelajagiga befarq bo‘lmang!

https://uzexpertsovet.com/o-buyuk-kelazhak/

Telegram: https://t.me/officialBuyukKelajak

Facebook: https://www.fb.me/INGOBuyukKelajak

Youtube: https://www.youtube.com/c/BUYUKKELAJAK

Instagram: https://bit.ly/2sytA4q

Batafsil ma’lumot olish uchun “Buyuk Kelajak” axborot markaziga murojaat qiling: PR@buyukkelajak.uz

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют