» » Google Eurovision’da kim g‘olib chiqishini bashorat qildi

Google Eurovision’da kim g‘olib chiqishini bashorat qildi


Google kompaniyasi foydalanuvchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazib, Eurovision xalqaro musiqiy tanlovining finalchilari reytingini tuzib chiqdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Biz hozirning o‘zida Google qidiruv tizimi foydalanuvchilarining fikri bo‘yicha kim g‘olib bo‘lishini bilib olishimiz mumkin”, — deyiladi kompaniya matbuot xizmatining xabarida.

Internet foydalanuvchilari orasida Fransiya vakili Bilal Assani ko‘proq ovoz to‘plagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin — Islandiyadan kelgan Hatari guruhiga nasib etdi. Kuchli uchlikka Rossiyadan borgan Sergey Lazarev yakun yasagan.

Shuningdek, foydalanuvchilar Niderlandiya, Belarus, Kipr, Shveysariya, Italiya, San-Marino va Shvetsiya vakillariga ham katta qiziqish bildirgan.

2017-yili Google bashorat qilgan ishtirokchi tanlov g‘olibiga aylangan edi. 2018-yilda ham internet-auditoriyasi tomonidan tanlangan ishtirokchi birinchi o‘rinni egallagan.

Eurovision tanlovining final bosqichi 18-may kuni Isroilning Tel-Aviv shahrida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют