» » Shavkat Mirziyoyev: “Maktab o‘qituvchisining maoshini 1000 dollarga yetkazmoqchimiz”

Shavkat Mirziyoyev: “Maktab o‘qituvchisining maoshini 1000 dollarga yetkazmoqchimiz”


Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati hokimligida o‘tkazilgan faollar yig‘ilishi davomida ta’lim sohasidagi muammolarga ham to‘xtaldi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

“Xonobodda oltita kollej kimga kerak? Undan ko‘ra, maktabdagi o‘qituvchiga 4—5 barobar ko‘proq oylik berganimizda edi, maktabda traktorni ham, kompyuterni ham o‘rgatardi. Bitta tumanga oltita kollej. Bunga qancha pul ketdi? Albatta, kollej ham kerak, lekin bitta tumanga bitta kollej ham yetardi. Kollejlarga avval o‘qituvchilarni tayyorlash kerak edi. Hozir esa bor o‘qituvchilardan ham ayrilib o‘tiribmiz. Borini yo‘q qildik. Ishonchni yo‘qotdik”, — degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov, viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov va boshqa mas’ullardan Andijon viloyatidagi kasb-hunar kollejlari binolari va jihozlarini Xalq ta’limi vazirligiga o‘tkazish bo‘yicha takliflar berishni so‘ragan, viloyat hududida paydo bo‘layotgan yangi uy-joy massivlarida maktablar qurish, Xonobod shahridagi 1-sonli, Jalaquduq tumanidagi 20-sonli maktabda kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

“Hisob-kitobini menga beringlar. 10 kun davomida viloyat hokimi bilan, oqsoqollar bilan yig‘ilib, Andijonda nima qilsak, maktabning, o‘qituvchining obro‘yini oshirish mumkinligi haqida o‘ylanglar. Keyin Andijon tajribasini respublikaga qo‘llaymiz. Shu kunlarga yetkazsa, maktab o‘qituvchisining oyligini 1000 dollarga yetkazmoqchimiz. Nima uchun shuncha yil davomida bizda yo‘ldan adashganlar paydo bo‘ldi, turli oqimlar paydo bo‘ldi? Ta’lim yo‘q edi, bilim yo‘q edi, maktab yo‘q edi. Devorlar bor edi. Bu sohada muammolarimiz ko‘p. Sharoitimiz og‘ir. O‘qituvchi — jamiyatning poydevori”, — deya qo‘shimcha qilgan Prezident.

Qayd etish joiz, salkam bir yil avval, Andijon viloyatining Ulug‘nor tumanida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida ham Shavkat Mirziyoyev ta’lim masalalari, xususan, o‘qituvchilarning maoshiga to‘xtalib o‘tgan, “Qaniydi, qo‘limda bo‘lsa, birinchi navbatda maktab o‘qituvchisining oyligini 10 baravar oshirib qo‘yardim”, — deb aytgan edi. Shuningdek, o‘sha videoselektorda ham Prezident bitta tumanga bitta kollej yetishini ham ta’kidlagandi: “U kollejlarni qurishdan ko‘ra, maktabning domlasiga oylik berish kerak edi”.

Avvalroq O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bir tadbirda shunday degandi: “Prezidentimiz har bir videoselektorda o‘qituvchilar haqida albatta gapirib o‘tadilar, ‘Ularning oyligini 1000 dollarga chiqarmaguncha to‘xtamaymiz’, deb ko‘p aytadilar. Nasib qilsa, albatta, shu darajaga boramiz”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 18:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют