» » Buyuk Britaniya chet elliklar uchun migratsion kartalarni bekor qiladi

Buyuk Britaniya chet elliklar uchun migratsion kartalarni bekor qiladi


Buyuk Britaniya 20-maydan boshlab navbatlarni qisqartirish maqsadida barcha chet elliklar uchun qog‘oz migratsion kartalarni bekor qiladi. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, bu haqda Chegara xizmati rahbari Pol Linkoln ma’lum qilgan.

Hozirgi paytda migratsion kartalarni aviareys yoki dengiz portlari orqali Yevropa iqtisodiy zonasidan tashqaridan kelgan yo‘lovchilar to‘ldiradi.

Pol Linkolnning aytishicha, migratsion kartalarning bekor qilinishi “ortib borayotgan yo‘lovchilar muammosini hal qilishga” va xodimlarga “chet elliklar bilan o‘zaro munosabatlarga” ko‘proq e’tibor qaratishga yordam beradi.

Uning ta’kidlashicha, migratsion kartaga kiritilgan ko‘pchilik ma’lumotlarni elektron shaklda yig‘ish imkoniyati paydo bo‘ladi. Mamlakatga kirib kelayotgan chet el fuqarolarini hisobga olish uchun har yili 16 millionga yaqik migratsion kartalar chiqarilgan.

Shu bilan birga, Buyuk Britaniya kasaba uyushmalari joriy etilayotgan yangi o‘zgarishlar chegara nazoratini susaytirishi mumkinligidan xavotirda. Kasaba uyushmalari vakillarining fikricha, kartalarning bekor qilinishi xavfsizlik organlarini “noqonuniy operatsiyalar ishtirokchilari yoki jinoyatchilarni” javobgarlikka tortish uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlardan mahrum qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют