» » O‘zbekistonda ilk bor FLTAL megakonferensiyasi o‘tkazildi

O‘zbekistonda ilk bor FLTAL megakonferensiyasi o‘tkazildi


FLTAL uyushmasining O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan IX yillik tilshunoslar ilmiy anjumani chet tillar o‘qitish sohasida jahon pedagogik innovatsiyalari va eng so‘nggi ilmiy-metodik tadqiqotlarni taqdim etdi. Anjumanga “Buyuk kelajak” eksperti, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillari universiteti professori Azamat Akbarov boshchilik qildi.

“Daryo” ilmiy anjumanning ilmiy hamkori bo‘ldi.

Bilimlar olamiga kalit

O‘zbekistonda o‘tkazilgan FLTAL–2019 anjumanida qirqqa yaqin mamlakat vakillari qatnashdi. Anjumanda qatnashgan  vakillar, jumladan, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Singapur, Yaponiya, Tailand, Turkiya, Italiya, Kanada, Saudiya Arabistoni, AQSh, Sloveniya, Yangi Zelandiya, Isroil, Qirg‘iziston, Eron, Falastin va ko‘plab boshqa mamlakatlardan keldi.

O‘zbekistonlik professor Azamat Akbarov tashabbusi bilan asos solingan FLTAL uzoq yillar davomida haqiqiy brendga aylandi, ilmiy doiralarda keng tanildi. Chunki u oz emas, ko‘p emas, filolog olimlar, tilshunoslar, til o‘qituvchilarining o‘ziga xos olimpiya o‘yinlari kabi o‘tadi. Nufuzli jahon ekspertlari taassurotiga ko‘ra, mutaxassislarning anjumanda namoyish etilgan amaliy pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarida bevosita erishgan yutuqlari metodik ta’lim jarayonini jiddiy chuqurlashtirish va takomillashtirish, samarali natijaga erishishga ketadigan vaqtni jiddiy qisqartirish, zamonaviy tilshunoslik rivojida yangi istiqbollar va rivojlanish yo‘llarini belgilab olish imkonini berdi.

FLTAL anjumanini O‘zbekistonda o‘tkazish vaqtiga kelib vakillari qatnashadigan mamlakatlar soni 36 taga, ma’ruza taqdim qiluvchilar soni esa 340 nafarga yetdi. Anjuman jarayonida 240 seminar, 20 namunali dars va Oxford University Press nashriyotining darslik va metodik adabiyotlari ko‘rgazma-savdosi o‘tkazildi.

Tashkilotchilar — Koreya xalqaro tadqiqotlar universiteti (Seul), I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent filiali va Eriell Prof Education o‘quv markazi — bunday loyihani munosib ravishda — tegishli jahon talablari darajasida amalga oshirishning uddasidan chiqdi.

Professionallar birligi

Loyihani amalga oshirishdan oldin o‘tkazilgan tayyorgarlik ishlari tamal toshi bo‘lib xizmat qildi va xalqaro tadbirni O‘zbekistonda o‘tkazish uchun asos yaratdi. RDNGU Toshkent filiali ko‘ngilli talabalari amalga oshirgan tayyorgarlik ishlari alohida diqqatga sazovor. Bunda ular uchun Azamat Akbarov rahbarligida magistrlik diplom ishini tayyorlayotgan talaba — qozog‘istonlik Dinara Badayevadan o‘ziga xos ikki kunlik faqat ingliz tilida olib borilgan blits-kurs ijobiy natija berdi. Oddiy talabalar anjumanning risoladagiday tayyorlangan teng huquqli qatnashchilariga aylanishi jarayonini pillaning kapalakka aylanish jarayoni bilan qiyolash mumkin. Ular ko‘tarinki ruhda mehmonlarni kutib olish, ular bilan birga yurib, ilmiy majlislar o‘tkaziladigan joylarga kuzatish, prezentatsiyalar taqdim qilinayotgan xonalar eshiklari oldida turib tartib va intizomni nazorat qilish, ma’ruzalarni kompyuter orqali bevosita namoyish qilish va boshqa ko‘plab vazifalarni bajardi.

FLTAL anjumanining I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universiteti majlislar zalida o‘tkazilgan tantanali ochilish marosimi loyihaning boshlanish nuqtasi bo‘ldi va tadbirga juda yuqori mezon belgilab berdi. Voqealar uchta ulkan LED-ekranda translyatsiya qilinishi va loyiha rasmiy marosimida taqdim etilgan chiqishlar yuqori saviyada o‘tdi.

Anjumanda nutq so‘zlaganlardan Yangi Zelandiyaning Messi universiteti professori Sintiya Uayt o‘z murojaatida qayd qilganidek, avval u ishlaydigan oliy o‘quv yurtida o‘zbek hamkasblari bilan aloqa o‘rnatish imkoniyati bo‘lmagan.

“Biroq mana shunday anjumanlar vositasida biz kelajakda ilmiy doiralar orasidagi hamkorlikni mustahkamlash niyatimiz bor”, — dedi ekspert.

Ikki kunga mo‘ljallangan anjumanda plenar hisobotlar tinglandi va 16 seksiyada ish olib borildi. O‘zbekistonda Qozog‘iston yili e’lon qilingani munosabati bilan Qozoq milliy universiteti, Nazarboyev universiteti, Nazarboyev intellektual maktabi, Ablayxon nomidagi Qozog‘iston xalqaro aloqalar universiteti, Nazarboyev nomidagi Jahon tillari xalqaro axborot texnologiyalari universiteti,  Qozog‘iston – Germaniya universiteti, Gumilyov nomidagi Yevrosiyo universiteti, Turon – Ostona universiteti ma’ruzachilarining chiqishlari xususan qiziqish uyg‘otdi. Qozog‘iston vakilasi, doktorantura talabasi Ayjan Kapanova eng yaxshi ilmiy maqola mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Bayramona yakun

Salomatlik so‘rab duo qilib, janozaga fotiha o‘qildi qabilidagi fikrlar O‘zbekistonda o‘tkazilgan FLTAL anjumaniga taalluqli emas. Anjuman yopilish pallasi kutilmaganda juda ta’sirli va quvonarli, mehmonlarning aytishlariga ko‘ra, syurpriz bo‘ldi. Qisqa hujjatli filmda ushbu xalqaro anjuman loyihasi tarixi, ilm-fan, siyosat va madaniyatning eng mashhur insonlarining taassurotlari namoyish etildi.

Chet el OTMlari professorlarining sahnaga chiqishi anjumanning eng yuqori nuqtasi bo‘ldi. Ular tadbirga qisqa qilib o‘z baholarini berdi. O‘z ishining ko‘plab ustalari uchun ushbu loyiha quvonarli an’anaga aylangani ta’kidlandi. Masalan, Saudiya Arabistoni vakilasi uchun O‘zbekistondagi FLTAL anjumani u qatnashgan birinchi-ikkinchi emas, yettinchi anjuman ekan. Plexanov nomidagi iqtisodiyot instituti professori Yuliya Sizova RDNGU Toshkent filiali ko‘ngilli talabalarining ishiga yuqori baho berdi.

Undan keyin eng yaxshi ma’ruzalar qilgan mutaxassislarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Yopilish marosimi konsert dasturi bilan davom etdi. Ijro etilgan kuy, raqs va qo‘shiqlar tanlovi o‘zbek milliy madaniyatining haqiqiy tashrif qog‘ozi bo‘ldi. Davlat madaniyat instituti o‘qituvchisi Zulfiya Rashidova ijrosida afsonaviy maqom ohanglari yangradi; O‘zbekiston xalq artisti Mansur Toshmatov Frenk Sinatra xitlarini o‘zbek va ingliz tillarida ijro etdi.

Undan keyin kelib chiqishi Urganchdan bo‘lgan mashhur Anna Germanning qo‘shiqlarini yosh ijrochi Milena Madmusayeva kuyladi. Qo‘shiqlar qatoriga akapella “Zomin” ansambli va “Sharq” dueti ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar kliplari bilan birga ijro etildi.

Biroq bunday yuqori ohangda ham nuqta qo‘yishga erta edi

Qatnashchilar Samarqand shahriga tashrif buyurishlari kerak edi. Tong saharda avtobuslar karvoni Lotte City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasi oldidan jo‘nab ketdi. Safar shaharga  yetib kelgan zahoti butun olamga mashhur o‘zbek milliy taomlaridan iborat ovqat tanovuli bilan boshlandi.

Registon maydoni, Go‘ri amir, Bibixonim, Shohi Zinda yodgorliklari, Buyuk ipak yo‘lining mayolika bilan bezalgan durdonalari mehmonlarga ma’qul tushdi.

Siyob bozorida chet ellik mehmonlar Sharq shirinliklari, ko‘p asrlik usul bilan adras, Marg‘ilon shoyisidan tikilgan kiyimlarni rastalardan yig‘ib chiqishga ulgurdi. FLTAL ilmiy loyihasining tashkilotisi A. Akbarov bilan xayrlashish ham umumiy qarsaklar bilan o‘tdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют