» » GM Uzbekistan uchta yangi model — Equinox, Traverse va Trailblazer’ni ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi

GM Uzbekistan uchta yangi model — Equinox, Traverse va Trailblazer’ni ishlab chiqarishni o‘zlashtiradi


GM Uzbekistan kompaniyasi uchta yangi modelni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda mahalliylashtirish darajasini 50 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” dasturi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan reportajda ma’lum qildi.

Reportajda “O‘zavtosanoat” raisi Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston Prezidentiga Chevrolet Equinox va Chevrolet Traverse krossoverlari hamda Chevrolet Trailblazer yo‘ltanlamasini tanishtirayotgani ko‘rsatilgan. Asakadagi zavodni modernizatsiya qilish loyihasining qiymati 500 million dollarga baholanmoqda.

Avvalroq “O‘zavtosanoat” krossoverlar segmentida yangi avtomobillarni ishlab chiqarish rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi. Captiva modeli esa 2018 yilning kuzida ishlab chiqarishdan olingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 21:59)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют