» » Superliga. Nasaf Qoqon-1912ni, Surxon esa Qizilqumni tor-mor qildi

Superliga. Nasaf Qoqon-1912ni, Surxon esa Qizilqumni tor-mor qildi


18-may, shanba kuni futbol boyicha Ozbekiston Superligasining 9-turi doirasida 2 ta uchrashuv yakunlandi.

Navoiyning Qizilqum jamoasi oz maydonida Termizning Surxon klubini qabul qildi.

Bellashuvda Termiz klubi azolari Darko Stanoyevich (19, penalti), Abdulaziz Yusupov (38, 65) urgan gollarga navoiyliklar yarim himoyachi Alisher Sanayevning goli bilan javob qaytardi (3:1).

Shu tariqa Surxon safarda kechgan bahsda Qizilqumni maglubiyatga uchratdi.

Ushbu oyin natijasiga kora, Surxon 15 ochko toplagan holda musobaqa jadvalida 3-orinni egallagan bolsa, Qizilqum 9 ochko jamgarib 9-pogonani band qilib turibdi.

Shu kuni Roziqul Berdiyev boshqaruvidagi Qarshining Nasaf klubi Qoqonning Qoqon-1912 jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 54 va 56-daqiqalarida qarshiliklar hujumchisi Humoyun Murtazoyev kiritgan gollar maydon egalarining galabasini taminladi.

Mazkur galabadan song Nasaf ochkolari sonini 14 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 4-oringa kotarilib oldi. Qoqon-1912 esa 6 ochko bilan songgi orinda bormoqda.

Superliga

9-tur bahslari

18-may, shanba

Gollar: 0:1 19, penalti, Darko Stanoyevich, 0:2 38 Abdulaziz Yusupov, 0:3 65 Abdulaziz Yusupov, 1:3 78 Alisher Sanayev

Gollar: 1:0 54 Humoyun Murtazoyev, 2:0 56 Humoyun Murtazoyev

Yanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!



Manba: Daryo.uz
: admin (18-05-2019, 22:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -