» » Toshkent shahar IIBB mashinalarning yonishi kunduzi chiroq yoqib yurish bilan bog‘liqligini inkor etdi

Toshkent shahar IIBB mashinalarning yonishi kunduzi chiroq yoqib yurish bilan bog‘liqligini inkor etdi


Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda yonayotgan avtomobillarning suratlari tarqalmoqda. Foydalanuvchilarning fikricha, bunga kunduz vaqtida mashina yoritgichlarini yoqib yurish sabab bo‘lgan. Bu masala ko‘pchilikni o‘ylantirayotgani sababli Toshkent shahar IIBB xodimlari O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi bilan bog‘lanib, ba’zi ma’lumotlarni oshkor qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018-yilda yengil mashinalarni yonib ketishi bilan bog‘liq 64 ta holat qayd etilgan edi. 2019-yilning boshidan esa Toshkent shahrida avtomobillarning yonishi 11 marta qayd etilgan. Bulardan ikki holatda yonish yoqilg‘i tizimi ishdan chiqqanligi sababli yuz bergan.

Qolgan holatlarda esa yong‘in quyidagi rusumli avtomobillarda elektr o‘tkazish tizimi buzilganligi bois sodir bo‘lgan — GAZ-3102, GAZ-2401, Daewoo Matiz, VAZ-2109, Hyundai Sonata, Ford Sierra, GAZ-2420, Chevrolet Epica, Chevrolet Captiva, Chevrolet Damas (yong‘inga YTH sabab bo‘lgan), Chevrolet Cobalt — avtomobilning motor qismida sodir bo‘lgan bort kompyuteri va akkumulyatorni ulab turuvchi elektr o‘tkazish tizimidagi qisqa uzilish sabab bo‘lgan. Avtomobil yoritgichlariga zarar yetmagan.

17-may kuni soat 16:00—17:00 oralig‘ida Farhod ko‘chasida qurilayotgan restoran qarshisida sodir bo‘lgan Volvo avtomobilining yonishiga, haydovchiga yordam bergan quruvchilarning va boshqa guvohlarning hamda haydovchining o‘zining gaplariga ko‘ra, motor qismidagi muammolar sabab bo‘lgan. U va guvohlar “101” yoki “102” shoshilinch xizmatlar raqamlariga qo‘ng‘iroq qilmagan. “Agar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratga e’tibor bilan qaralsa, yoritgichlarga zarar yetmaganini ko‘rish mumkin”, — deyiladi IIBB axborotida.

FVV Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlarining ma’lum qilishlaricha, yong‘inga sabab bo‘lgan elektr o‘tkazgichlarning texnik qoniqarsiz holatlari ko‘pincha eski yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillarda uchraydi. “Shunday ekan, agar avtomobilingizning ‘yoshi katta’ bo‘lsa, texnik ko‘rik davomida elektr o‘tkazgichlarga alohida e’tibor berish zarur”, — deya qayd etgan Toshkent militsiyasi matbuot xizmati.

“Biz bu kabi hodisalar suratlarini tarqatuvchi fuqarolarni, blogerlarni hamda Telegram’da o‘z kanalini yurgizadiganlarni avtomobillarning yonish sabablari to‘g‘risidagi o‘z ‘ekspertlik’ xulosalari bilan odamlarni chalg‘itmaslikka chaqiramiz”, — deya yakunlangan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati axboroti.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют