» » Qizlar muxlislik qiladigan Bollivudning 10 nafar mashhur aktyori

Qizlar muxlislik qiladigan Bollivudning 10 nafar mashhur aktyori


Hindiston kinemotografiyasi yildan yilga mashhur bo‘lib bormoqda. Bollivudda har yili minglab film va seriallar suratga olinadi, muvaffaqiyat qozonganlari esa jahon e’tiboriga havola etiladi.

Hind aktyorlari ham o‘z hamkasblari bilan ham iqtidori, ham tashqi ko‘rinishi bilan bellashadi.

Mitxun Chakrabortining davri o‘tdi, ammo uning o‘rniga boshqa yosh aktyorlar kelib, minglab qizlar e’tiboriga tushdi.

Haqiqiy hind machosi. 60 ta filmda suratga tushgan. Ulardan eng mashhurlari: “Dada”, “Orzuning qora ko‘rinishi” va “Baykerlar”. Jon Hindistonda juda mashhur. U, shuningdek, fitness bo‘yicha o‘z blogiga ega.

45 yosh. Uylangan.

Eng mashhur hind aktyorlaridan biri. Bollivudning eng kassabop filmlarida suratga tushgan. “Seni ko‘ryapman”, “Om Shanti Om” va “Sizni yaxshi ko‘raman, oyijon” filmlari shular jumlasidan. Bir qancha moda agentliklari va parfyumeriya brendlari bilan hamkorlik qiladi. Ma’lumoti bo‘yicha — iqtisodchi. Xayriya ishlarida faol qatnashadi. 13 nafar yetim bolani o‘z qaramog‘iga olgan.

45 yosh. Model Mexr Rampalga uylangan. 2 nafar qiz farzandi bor.

Aktyor va prodyuser Saif Ali Xon Hindistondan tashqarida ham mashhur. Chet elda ham film suratga oladi. Uning eng mashhur filmlari: “Toabad birgamiz”, “Salam Namaste” va “Ertangi kun keladimi?”.

48 yosh. Hozirda ikkinchi turmushi Karina Kapur bilan yashaydi. Bir nafar farzandi bor. Birinchi rafiqasi Amrita Singxdan ham 2 nafar farzandi bor.

Mashhur sulola vakili. 43 ta filmda suratga tushgan. Hindiston bo‘ylab o‘z fan-klublariga ega. Uning ishtirokidagi eng mashhur filmlar: “Fasllar”, “Raqsga tush” va “Nikoh”.

37 yosh. Uylangan.

Ispanlarning Enrike Iglesiasiga hindcha javob. Imron Xon o‘ziga to‘q hind oilasining farzandi. Buvasi mashhur hind rejissori, amakisi esa afsonaviy Amir Xon. Imron AQShda tug‘ilgan. 21 ta filmda suratga tushgan.

35 yosh. Aktrisa Avantika Malikka uylangan. Bir nafar farzandi bor.

Hindistonning eng mashhur aktyorlaridan biri. Jangari filmlarda bosh qahramon rolini ijro etadi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiladi. Bir qo‘lida 6 ta barmoq bilan tug‘ilgan. 45 ta filmda suratga tushgan.

44 yosh. Ajrashgan. 2 nafar farzandi bor.

Hind aktyorlarining yangi avlodi. Varun eng yaxshi hind rejissorlaridan biri Devid Dxavanning o‘g‘li. Unga “Sevishganlar” va “Yil talabasi” filmlaridagi roli shuhrat keltirgan.

31 yosh. Uylanmagan.

Televideniyedagi ishi sabab ekranlarda ko‘rina boshlagan. Unga “Ont ichaman, sevgilim” filmi mashhurlik olib kelgan. 11 ta filmda suratga tushgan.

34 yosh. Uylanmagan.

Bu aktyorning butun hayoti muvaffaqiyatga to‘la. Buyuk hind aktyori Abitabx Bachchanning oilasida tug‘ilgan. Shveysariyada moliya sohasida o‘qigan. Hindistonning eng go‘zal aktrisasi Ayshvariya Rayga uylangan. 75 ta filmda suratga tushgan. Eng mashhur filmlari: “Hech qachon alvido demang”, “Sohibjamol Laknau” va “Yaqin do‘stlar”.

42 yosh. Uylangan. Bir nafar qiz farzandi bor.

Shohrux Xon yoshi o‘tayotgan bo‘lsa ham buyukligini yo‘qotmagan. U Bachchan va Chakraborti o‘ynagan hind filmlari va yosh avlod o‘rtasidagi davr aktyori hisoblanadi. E’tiqodi bo‘yicha musulmon. Hozirda filmdan ko‘ra ko‘proq televideniye bilan mashg‘ul. Lekin u 131 ta filmda suratga tushgan. Ulardan eng mashhurlari: “Gohi shodlik, gohi g‘am”, “Vir va Zara” va “O‘g‘irlanmagan kelin”.

53 yosh. Aktrisa Gauri Xonga uylangan. 3 nafar farzandi bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 36) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют