» » Donald Tramp Green Card lotereyasini bekor qilishni taklif etdi

Donald Tramp Green Card lotereyasini bekor qilishni taklif etdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Green Card lotereyasi o‘ynalishini bekor qilishni ko‘zda tutuvchi yangi immigratsiya islohotlarini taqdim qildi, deb xabar berdi “Vedomosti”.

AQSh hukumati har yili grin-karta lotereyasini o‘tkazadi. Lotereyada ishtirok etish bepul, g‘oliblar esa tasodifiy yo‘l bilan tanlanadi va AQShda yashash huquqini oladi.

Tramp jamoasi rivojlangan davlatlardagi migratsiya tizimlarini o‘rganib, AQShga ko‘chib o‘tgan migrantlarning 12 foizginasini ishlash taklifini olganlar va yuqori malakalarga ega bo‘lganlar tashkil qilishi aniqlangan. Kanadada esa bunday migrantlar ulushi 63 foizni, Yangi Zelandiyada 57 foizni, Avstraliyada 68 foiz va Yaponiyada 52 foizni tashkil qiladi.

Trampning immigratsiya islohotlari AQShga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish maqsadini o‘z oldiga qo‘ygan. Bunday kishilarni aniqlash uchun Kanada va boshqa davlatlarda qo‘llanuvchi ballarga asoslangan tanlov tizimini kiritish taklif qilinmoqda. Talabgir malakalarga ega, ishlash haqida taklif yoki amerikaliklar uchun ish o‘rinlarini taqdim qiladigan o‘z biznesini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yosh mutaxassislarga afzallik beriladi.

“Agar rejamiz qabul bo‘lsa, u Amerikaning faxriga va butun zamonaviy dunyo havas qiladigan omilga aylanadi”, dedi Tramp o‘z murojaatida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют