» » Shahobiddin Zoirov professional boksdagi ikkinchi jangida ham raqibini nokautga uchratdi

Shahobiddin Zoirov professional boksdagi ikkinchi jangida ham raqibini nokautga uchratdi


18-may, shanba oqshomida professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasi vakili, Rio—2016 Olimpiadasi chempioni o‘zbekistonlik Shahobiddin Zoirov (1 ta g‘alaba, 1 ta nokaut) o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazdi.

Daniyaning Orhus shahrida joylashgan “Vibi“ sport saroyida tashkil qilingan boks oqshomida Shahobiddin Zoirovga gruziyalik Mishiko Shubitidze (12 ta g‘alaba, 13 ta mag‘lubiyat, 3 ta durang, 5 ta nokaut) raqiblik qildi. 6 raundga mo‘ljallangan jang birinchi raunddayoq yakuniga yetdi. Shahobiddin raqibini nokautga uchratib, professional boksdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Shahobiddin Zoirov professional boksdagi debyut jangida indoneziyalik Entoni Holtni ham birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют