Superliga. “Navbahor” “Metallurg”ni mehmon qiladi, “Dinamo” esa “Buxoro” maydoniga safar qiladi
19-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 9-turi doirasida 3 ta o‘yin bo‘lib o‘tadi.
Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv soat 17:30 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, Namangan klubi avvalgi turda “Paxtakor” bilan durang o‘ynagan bo‘lsa (2:2), “Metallurg” ham “Lokomotiv” bilan ochko bo‘lishib olgandi (0:0).
Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi Olmaliqning OKMK klubi Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv soat 17:45 da start oladi. Ta’kidlash joiz, olmaliqliklar 8-turda “Dinamo”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygandi (0:1). Jizzax klubi esa “Andijon”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.
Kunning so‘nggi o‘yinida“Buxoro” klubi Samarqandning “Dinamo” jamoasi bilan bahs boylaydi. To‘qnashuvga 20:00 da start beriladi. Ma’lumot uchun, “Buxoro” 6 ochko to‘plagan holda 13-o‘rinda bormoqda. 7-pog‘onani band qilib turgan “Dinamo” hisobida esa 12 ochko mavjud.
Superliga
9-tur bahslari
19-may, yakshanba
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
