» » Frank Riberi “Bavariya”dagi faoliyatini Bundesliga tarixiga kirgan holda yakunladi

Frank Riberi “Bavariya”dagi faoliyatini Bundesliga tarixiga kirgan holda yakunladi


18-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining  so‘nggi turida “Bavariya” o‘z maydonida “Ayntarxt”ni mag‘lub etib (5:1), ketma-ket 7-marta mamlakat chempioniga aylandi.

MisterChip’ning ma’lum qilishicha, “Bavariya” yarim himoyachisi Frank Riberi chempionliklar soni bo‘yicha Bundesliga rekordini o‘rnatdi.

2007-yildan buyon “Bavariya” safida to‘p surib kelayotgan Riberi uchun bu faoliyatidagi 9-chempionlik bo‘ldi.

Mehmet Sholl, Oliver Kan, Bastian Shvaynshtayger, David Alaba, Tomas Myuller va Aryen Robben 8 ta sovrin bilan undan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi yozgi transferlar vaqtida jamoani tark etishi ma’lum qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют