» » Shumanayda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan tadbirkorga ikki qavatli kitob do‘koni ochishi uchun 500 mln so‘m mablag‘ ajratildi

Shumanayda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan tadbirkorga ikki qavatli kitob do‘koni ochishi uchun 500 mln so‘m mablag‘ ajratildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 20–21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonga, shu jumladan, Shumanay tumaniga tashrifi chog‘ida tuman faol yoshlaridan biri – yakka tadbirkor, tuman markazidagi A.Musayev ko‘chasi, 14-uyda istiqomat qiluvchi Seydabulla Medetov bilan uchrashib, uning kitob do‘konini ochish bo‘yicha g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagandi, deb yozadi “KRuz.uz”.

2011-yildan buyon yakka tadbirkor sifatida fotostudiya tashkil qilib, aholiga xizmat ko‘rsatgan 28 yoshli Seydabulla Medetov keyinchalik kanselyariya buyumlari savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgandi.

Prezidentimizga dilimdagi so‘zlarni aytish imkoniga ega bo‘lganim va yurtboshimizning samimiy so‘zlari menga ma’naviy kuch bag‘ishlab, meni yangidan yangi maqsadlar sari ruhlantirib yubordi. Chunki tumanimiz yoshlari nomidan shaxsiy kitob do‘konimni barpo etish niyatimni aytganimda, Prezidentimiz meni qo‘llab-quvvatlab, ikki qavatli kitob do‘konini barpo etishim uchun 500 million so‘m mablag‘ ajratishda yordam ko‘rsatishini aytdi. Mendek oddiy qishloq bolasiga ko‘rsatgan bunday yuksak g‘amxo‘rligi va e’tibori uchun tumanimizning barcha yoshu-qarisi davlatimiz rahbaridan minnatdor ekanini baralla aytgim keladi.

Seydabulla Medetov, tadbirkor

Qisqa vaqt ichida 500 million so‘m mablag‘ yakka tadbirkorning hisobiga tushirildi va tuman markazidagi Do‘stlik guzari bo‘yidan 2 qavatli “Shumanay kitob olami” kitob do‘koni uchun yer maydoni ajratildi. Bugungi kunda do‘konning devorlarini tiklash ishlari olib borilmoqda. Yakka tadbirkor kitob do‘konini O‘zbekiston mustaqilligining 26 yillik bayrami oldidan foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют