» » “Manchester Siti” Angliya Kubogidagi g‘alabasi bilan “Manchester Yunayted”ga yordam berib yubordi

“Manchester Siti” Angliya Kubogidagi g‘alabasi bilan “Manchester Yunayted”ga yordam berib yubordi


“Manchester Yunayted” kelasi mavsum Yevropa Ligasidagi ishtirokini guruh bosqichidan boshlaydi, deb xabar berdi BBC.

Agar “Uotford” Angliya Kubogini qo‘lga kiritganda Ole-Gunnar Sulsher jamoasi musobaqani ikkinchi saralash bosqichidan boshlagan bo‘lar edi.

Ta’kidlash joiz, “Uotford” Angliya Kubogi finalida “Manchester Siti”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:6) va buning natijasida “Yunayted” saralashda ishtirok etmaydigan bo‘ldi.

Shu bilan birga Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan “Vulverhempton“ jamoasi 2-saralash bahslarida ishtirok etadi.

Premyer liga jadvalida 5-o‘rinni egallagan “Arsenal” klubi Yevropa Ligasi finalida “Chelsi”ni mag‘lub etsa, Yevropa Chempionlar Ligasiga chiqishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ligasining final uchrashuvi 29-may kuni Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют