» » “Vulverhempton” 39 yil ichida ilk marta Yevropa Ligasida ishtirok etadi

“Vulverhempton” 39 yil ichida ilk marta Yevropa Ligasida ishtirok etadi


“Vulverhempton” kelasi mavsum Yevropa Ligasida ishtirok etadi. Bu haqda klubning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Nunu Eshpiritu Santu jamoasi tugallangan mavsum Angliya Premyer ligasida yettinchi o‘rinni egalladi.

Qayd etish joiz, “Uotford” “bo‘rilar” o‘rniga Yevropa Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin edi, biroq klub Angliya Kubogi finalida “Manchester Siti”ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:6).

Shu sababli chempionat jadvalida 7-o‘rinni egallagan “Vulverhempton” Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ma’lumot uchun, klub 1980/81-yilgi mavsumdan buyon birinchi marta Yevrokubokda ishtirok etadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют