» » Toshkentda MGIMO bitiruvchilarining V xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda MGIMO bitiruvchilarining V xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda


Toshkent Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti (MGIMO) bitiruvchilarining V xalqaro forumiga mezbonlik qilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ushbu nufuzli tadbirda 32 mamlakatning hukumat, parlament a’zolari, siyosatchilar, diplomatlar, yirik xorijiy kompaniyalar rahbarlari va MGIMO vakillari qatnashmoqda. Shunday ishtirokchilar soni 450 nafardan ziyodni tashkil etmoqda. Ularni Rossiyadagi eng nufuzli oliy ta’lim muassasasida kechgan talabalik yillari birlashtirib turadi.

Poytaxtdagi Simpoziumlar saroyida forumning ochilish marosimi boshlandi. Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.

Forumning siyosat, xavfsizlik, iqtisodiyot va madaniyat sohalariga bag‘ishlangan sessiyalarida Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri D.Sogbaatar, Slovakiya tashqi ishlar vaziri M.Laychak, Kambodja ta’lim vaziri N.Xan Chuon, “Rosobrnadzor“ rahbari S.Kravsov va Yevroosiyo banki direktorlar kengashi a’zosi Fattoh Shodiyev chiqish qiladi.

Shuningdek, forum doirasida mehmonlar va O‘zbekiston ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Xorijiy ekspertlar ishtirokidagi muloqotlarda ta’lim, madaniyat, investitsiya sohalarida halqaro hamkorlik, Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashish ko‘zda tutilgan.

Forum kun tartibiga MGIMO yangi taraqqiyot strategiyasi muhokamasi qo‘yilgan. Shu bilan birga, institutning Toshkent filiali dasturlarining taqdimotlari ham o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti bitiruvchilarining I xalqaro forumi 2003-yilda Boku shahrida o‘tkazilgan, keyinchalik Moskva, Yerevan, Nur-Sulton shaharlari ham ushbu nufuzli tadbirga mezbonlik qilgandi.

Forum ochilish marosimida Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirok etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют