» » Navro‘zni UMS bilan birga nishonlaymiz

Navro‘zni UMS bilan birga nishonlaymiz


UMS mobil operatori bahor va yangilanish ayyomi Navro‘zga atab amaldagi abonentlar va bo‘lajak mijozlar uchun yangi syurprizlar tayyorlab qo‘ydi.

14-martdan boshlab UMS kompaniyasi Davra, Facebook, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoqlarida bepul mobil internet-trafik yutib olish imkoniyatini beruvchi “Navro‘z muborak!” tanlovini o‘tkazishni boshladi. Tanlovning asosiy sharti – izohlarda o‘ziga xos bayram tabrigini joylashtirish va o‘tkazilayotgan tanlov haqidagi ma’lumotni iloji boricha ko‘proq do‘stlarga ulashish. Navro‘z ayyomi arafasida umumiy hisobda to‘qqizta – har bir ijtimoiy tarmoqda uchtadan g‘olib aniqlanadi.

Yana bir faollik kompaniyaning respublika bo‘yicha barcha ofislarida o‘tkaziladi. Uning doirasida UMS’ning aynan belgilangan tarif rejalariga ulangan yangi abonentlar kafolatlangan sovg‘a – kompaniya brendi tushirilgan futbolkaga ega bo‘ladi. Aksiya 20-mart kuni boshlanadi hamda bir oy davomida o‘tkaziladi. Shunday qilib, UMS mobil operatoriga ulanmoqchi bo‘lganlarning barchasida buni amalga oshirish uchun yana bir sabab paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, bahorning ilk oyida UMS va Huawei kompaniyalarining qo‘shma loyihasi ishga tushdi. Huawei smartfon va planshetlarini xarid qilgan aksiya ishtirokchilari UMS’dan uch oy davomida har oy 2000 megabaytdan 4000 megabaytgacha bepul olishlari mumkin.

Aksiyalarimizni yilning eng yorqin bayramlaridan biri bo‘lgan Navro‘zga tayyorlar ekanmiz, nafaqat yangi, balki amaldagi abonentlarimiz manfaatlarini ham o‘yladik. Ularga uzoqdan turib (ijtimoiy tarmoqlardagi tanlov) va bevosita ofislarda ishtirok etishga imkoniyat yaratdik. Shuni aytib o‘tish joizki, 19–21-mart — dam olish va bayram kunlari kompaniyaning barcha ofislari eshiklari abonentlar uchun ochiq bo‘ladi.

UMS tijorat direktori Sayyodjon Matkarimov

Yaqin orada UMS mobil operatori yangidan-yangi syuprizlarni taqdim etadi. Kompaniya yangiliklaridan boxabar bo‘lish uchun rasmiy Telegram-kanallarga @UMSrus (rus tilida) va @UMSuzb (o‘zbek tilida) ulanish mumkin.

UMS bilan bog‘lanish

e-mail: pr@myums.uz

Web: www.ums.uz

UMS kompaniyasi haqida:

Universal Mobile Systems MChJ kompaniyasi – GSM, UMTS va 4G LTE standartlarida mobil ovozli aloqa va mobil internetga kirish zamonaviy xizmatlarini ko‘rsatuvchi O‘zbekiston telekommunikatsiya korxonasi. Kompaniya 2014-yilning 1-dekabrida tijoriy faoliyat boshlagan. Kompaniya ta’sischisi – O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye” DUK.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (19-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют