» » A Seriya. “Napoli” o‘z maydonida “Inter”ni tor-mor qildi, “Yuventus”da esa yana durang (video)

A Seriya. “Napoli” o‘z maydonida “Inter”ni tor-mor qildi, “Yuventus”da esa yana durang (video)


18—19-may kunlari futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 37-tur uchrashuvlari yakunlandi.

Klaudio Ranyeri boshliq Rimning “Roma” klubi “Sassuolo”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida darvozalarga gol urilmadi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi (0:0).

Mazkur o‘yindan so‘ng “Roma” 63 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida bir pog‘ona yuqoriladi (5-o‘rin).

19-may, yakshanba kuni Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Milan” klubi o‘z maydonida “Frozinone”ni qabul qildi.

Bellashuvda “rossonerilar” hujumchilari Kshishtof Pyontek (57) va Suso (66) urgan gollar milanliklarga muhim 3 ochkoni taqdim etdi (2:0).

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Milan” ochkolari sonini 62 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Shu kuni turning markaziy o‘yinida Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Napoli” klubi Luchano Spaletti boshliq Milanning “Inter” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Bellashuv davomida neapolliklar a’zolari Pyotr Zelinski (16), Dris Mertens (61), Fabian Ruis (71, 78) urgan gollarga milanliklar hujumchi Mauro Ikardining 81-daqiqada penaltidan kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi. Shu tariqa Karlo Anchelotti shogirdlari o‘z uyida kechgan bahsda “Inter”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (4:1).

Mazkur g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalidagi 2-o‘rinni mustahkamlab olgan “Napoli” ochkolari sonini 79 taga yetkazib oldi. “Inter” esa 66 ochko bilan bir pog‘ona pastladi (4-o‘rin).

Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi Turinning “Yuventus” klubi “Atalanta”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida mehmon jamoa a’zosi Yosip Ilichich hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqaga kelib “keksa sinyora” hujumchisi Mario Manjukich hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa Turin klubi o‘z maydonida “Atlanata” bilan durang o‘ynadi (1:1). Ta’kidlash joiz, o‘yinning 90-daqiqasida turinliklar o‘yinchisi Federiko Bernardeski hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi.

A Seriya

37-tur bahslari

18-may, shanba

Gollar: 1:0 — 6 Samir, 2:0 — 31 Okaka Chuka, 3:0 — 35 Okaka Chuka, 3:1 — 53 Petanya, 3:2 — 59 Valotti

Gollar: 0:1 — 40 Pavoletti, 1:1 — 89, penalti, Krishito

19-may, yakshanba

Gollar: 1:0 — 27 Akuax, 1:1 — 56 Falke, 2:1 — 65 Brigi, 3:1 — 70 di Lorenso, 4:1 — 89 Paputo

Gol: 1:0 — 80, avtogol, Jerson

Gollar: 1:0 — 57 Pyontek, 2:0 — 66 Suso

Gollar: 1:0 — 16 Zelinski, 2:0 — 61 Mertens, 3:0 — 71 Fabian, 4:0 — 78 Fabian, 4:1 — 81, penalti, Ikardi

Gollar: 0:1 — 33 Ilichich, 1:1 — 80 Manjukich

 Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 01:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют