» » “Yevrovideniye” tashkilotchilari tanlov natijalarini bekor qilishdan bosh tortdi

“Yevrovideniye” tashkilotchilari tanlov natijalarini bekor qilishdan bosh tortdi


Isroilda o‘tkazilgan “Yevrovideniye—2019” xalqaro ko‘rik tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Niderlandiya vakilining natijalari bekor qilinmaydi. Bu haqda EBC tashkilotining rasmiy vakili Devid Gudman ma’lum qildi, deb xabar beradi Tengri News.

Avvalroq “Yevrovideniye—2019” g‘olibi Dunkan Lourens tanlovning asosiy qoidasini buzganligi ma’lum bo‘lgandi: u tanlovda yangi qo‘shiq bilan qatnashmagan. Aniqlanishicha, Arcade kompozitsiyasi Lourensning repertuarida ikki yil oldin paydo bo‘lgan.

Gudmanning so‘zlariga ko‘ra, EBC’dagilar Arcade qo‘shig‘i 2017-yilda YouTube tarmog‘ida e’lon qilinganidan xabardor bo‘lgan. Biroq ta’kidlanishicha, rolik “Lourensga qo‘shimcha imkoniyat” bermagan. Shu sababli qo‘shiq tanlovda ishtirok etishi uchun ruxsat berilgan.

Shuningdek, ma’lum qilinishicha, qo‘shiqning YouTube’da e’lon qilinishi, uning rasman taqdim etilganini bildirmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют