» » Bulung‘urda suv ombori qurish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Bulung‘urda suv ombori qurish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi


Samarqand viloyatida amalga oshiriladigan qurilish-bunyodkorlik ishlari bo‘yicha bir qator hukumat qarorlari qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Unga ko‘ra, 2021-yil 1-iyulga qadar Samarqand viloyatida Bulung‘ur suv ombori quriladi. Bu bo‘yicha loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham tasdiqlandi.

Loyihaning umumiy qiymati 46 million AQSh dollaridan ziyodni tashkil etadi. Suv omborini ishga tushirish natijasida 51 nafar kishi yangi ish o‘rniga ega bo‘ladi.

Shuningdek, 2019–2022-yillarda Samarqand shahrida quriladigan, ta’mirlanadigan va rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘llari, barpo etiladigan tonnel va ko‘priklarning manzilli ro‘yxati tasdiqlandi.

Shunga binoan, jami 2,7 trillion so‘mdan ziyod mablag‘ uzunligi 103 kilometrni tashkil etuvchi avtomobil yo‘llarining qurilish va ta’mirlanishi, tonnel va ko‘priklar barpo etilishi uchun sarflanadi.

Mavzuga doir: Kattaqo‘rg‘onda 340 mln dollarlik sement zavodi quriladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют