» » 49 yoshli Gollivud aktyori maktab shahodatnomasini oldi

49 yoshli Gollivud aktyori maktab shahodatnomasini oldi


Taniqli Gollivud aktyori, 49 yoshli Mettyu Makkonaxi maktabni bitirganidan so‘ng oradan 31 yil o‘tib shahodatnoma oldi, deb xabar beradi Longview News-Journal nashri.

Makkonaxi 17-may kuni o‘zi o‘qigan maktabga borib, shahodatnomasini olgan. Shundan so‘ng o‘quvchilar bilan suhbat qurgan. Uning aytishicha, muvaffaqiyatga erishishiga doim o‘z qalbiga quloq tutgani sabab bo‘lgan.

Nashrning ta’kidlashicha, odatda maktab o‘quvchilariga bitirish marosimida shahodatnomaning muqovasi topshiriladi, hujjatlarni esa keyinroq olib ketishi kerak. Makkonaxi esa maktabni 1988-yili bitirgan.

Mettyu Makkonaxi 1969-yili Yuvalda shahrida (Texas shtati) tug‘ilgan. Aktyorlik faoliyatini 1991-yili boshlagan. “Dallaslik xaridorlar klubi”, “Interstellar”, “Daraxtlar dengizi”, “Jonsning ozod shtati” kabi 60 dan ortiq filmlarda suratga tushgan.

2014-yili “Dallaslik xaridorlar klubi” filmi OITSga chalingan elektrik roli uchun “Oskar” mukofotiga loyiq topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют