» » Lionel Messi qoyilmaqom natija qayd etdi

Lionel Messi qoyilmaqom natija qayd etdi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liganing so‘nggi turida “Eybar”ga qarshi o‘yinda dublga erishdi (2:2).

Squawka’ning ma’lum qilishicha, argentinalik “Barselona” safida 6-marta bitta mavsumda barcha musobaqalarni hisoblaganda 50 ta va undan ko‘p gol urdi.

Ma’lumot uchun, Messi 2016/17-yilgi mavsumda 54 ta, 2014/15-yilgi mavsumda 58 ta, 2012/13-yilgi mavsumda 60 ta va 2010/11-yilgi mavsumda esa 53 ta golga mualliflik qilgandi.

Hujumchi 2011/12-yilgi mavsumda gollar soni bo‘yicha rekord natija qayd etgandi. O‘shanda Messi Kataloniya klubi tarkibida barcha musobaqalarda 73 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют