» » Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi

Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tanlovining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi


2017-yil 18-mart kuni Toshkent shahrida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil qilingan AQSh va Yevropa oliy ta’lim muassasalarida 2017—2018-o‘quv yilida magistratura bosqichida tahsil olish uchun grantlar saralash konkursining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Mazkur saralash bosqichida ilk bosqichda o‘tkazilgan chet tili va tanlangan mutaxassislik bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan talabalar qatnashdi. Galdagi imtihon sinovlari, chet el oliy o‘quv yurtlariga qabul qilinish uchun zarur bo‘lgan IELTS sertifikatini olish uchun o‘tkazildi. Imtihon British Counsil mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan o‘tkazildi.

Saralash konkursining yakuniy natijalari Fondning rasmiy saytida (www.fondkarimov.uz) aprel oyining yakunida e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, konkurs quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi: qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo, suv va yer resurslarini boshqarish, mashinasozlik texnologiyalari, oziq-ovqat texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketingi, shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash, mahsulot dizayni, sanoat va me’morchilik dizayni va rassomchilik.

Islom Karimov jamoatchilik xayriya fondiga O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi va Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasi va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida 2016-yil asos solingan. Fond iste’dodli yoshlarga O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning eng ilg‘or oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishi uchun grantlar taqdim etadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-03-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют