» » Tramp Eronning yadro quroliga ega bo‘lishga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi

Tramp Eronning yadro quroliga ega bo‘lishga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning yadro qurolini ishlab chiqishiga va undan foydalanishiga yo‘l qo‘ymasligini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.

“Men Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymayman”, — degan u. Shu bilan birga, Eron bilan urushishga qarshi ekanligini ta’kidlagan. “Men yoqalashishni xohlamayman. Ammo Eron bilan bog‘liq vaziyatda ularning yadro quroliga ega bo‘lishga imkon bermaslik kerak, bunday bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim”, — deb qo‘shimcha qilgan Tramp.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, u “urushish tarafdorlaridan emas, chunki bu iqtisodiyotga zarar keltiradi, eng muhimi — boshqa barcha narsalardan ustun bo‘lgan odamlar o‘limiga sabab bo‘ladi”. Tramp eronliklarni yana bir bor muzokara o‘tkazishga chaqirdi. Shu bilar birga, AQSh sanksiyalari Eron iqtisodiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatganini ham ta’kidladi.

“Men Eron bilan yadroviy bitimni buzdim, lekin shuni aytishim kerakki, buning natijasi shunchalik jiddiy bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Oqibatda Eron iqtisodiy jihatdan butunlay barbod bo‘ldi”, — degan u.

Avvalroq Tramp Eron Vashingtonga tahdid qilib, mojaro keltirib chiqarsa, bu mamlakatni jazolab qo‘yish bilan qo‘rqitgan edi. “Agar Eron urushni xohlasa, unda ular rasman tamom bo‘ladi. Boshqa hech qachon AQShga tahdid qila ko‘rmang”, — deb yozgan edi Tramp Twitter’dagi sahifasida.

So‘nggi haftalarda Tehron va Vashington munosabatlari keskinlashdi. Shunday sharoitda Eronning ayrim rasmiylari AQShga qarshi keskin fikrlar bildirgan. Shu bilan birga, Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif AQSh bilan urush bo‘lmasligiga ishonch bildirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют