» » Fransiya chempionatining 2018/19-yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

Fransiya chempionatining 2018/19-yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi


Fransiya professional futbolchilar uyushmasi (UNFP) talqiniga ko‘ra, PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Liga 1’ning eng yaxshi o‘yinchisi deya e’tirof etildi. Bu haqda saytning rasmiy saytida xabar berildi.

Bundan tashqari 20 yoshli fransuz mavsumning eng yaxshi yosh o‘yinchisi deb ham topildi. U 28 ta uchrashuvda 32 ta gol urib, 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eng yaxshi murabbiy: Kristof Galte (“Lill”)

Eng yaxshi darvozabon: Mayk Menyan (“Lill”)

Eng chiroyli gol muallifi: Loik Remi (“Lill”)

Tugallanayotgan mavsumning ramziy terma jamoasi: Mayk Menyan (“Lill”), Kenni Lala (“Strasburg”), Markinios, Tiago Silva (ikkalasi ham —PSJ), Ferlan Mendi (“Lion”), Marko Verratti (PSJ), Tangi Ndombele (“Lion”), Anhel Di Mariya, Kilian Mbappe, Neymar (hammasi — PSJ), Nikolya Pepe (“Lill”).

Eng yaxshi hakam: Kleman Tyurpen

Boshqa chempionatda to‘p surayotgan eng yaxshi fransiyalik futbolchi: Karim Benzema (“Real”)

Faxriy mukofot: Didye Drogba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют