» » Toshkentda esselar tanlovining respublika bosqichi goliblari aniqlandi

Toshkentda esselar tanlovining respublika bosqichi goliblari aniqlandi


Poytaxtdagi Yoshlar ijod saroyida Registonoquv markazi tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan Esselar tanlovi 2019 respublika iqtidorli yoshlar korik tanlovi goliblarini taqdirlash marosimi bolib otdi. Bu haqda tanlov tashkilotchilari Daryoga xabar berdi.

Respublika va hattoki qoshni mamlakatlar miqyosida otkazilgan tanlovda 13 yoshdan 30 yoshgacha bolgan ijodkorlar ishtirok etdi. Maxsus belgilangan va erkin mavzularda yozilgan minglab esselar ortasida otkazilgan tanlovning 2019-yil yakuni boyicha 200 nafar ijodkorlarning esselari Esselar tanlovi 2019ning golib deb topildi.

1-orin. Abbos Nurullayev Mening hayotim mavzusida yozgan essesi uchun

2-orin. Zulfinoy Yusupova Dunyoqarashimni ozgartirgan asar mavzusida yozgan essesi uchun

3-orin. Dinora Sobirova Dunyoqarashimni ozgartirgan asar mavzusida yozgan essesi uchun

3-orin. Shomahmud Ramazonov Vatan ozodligi uchun kurashgan kimni oz qahramonim deb bilaman? mavzusida yozgan essesi uchun taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida Nazar Eshonqul, Ahtamqul Karim, Orif Toxtash va Muhammad Ismoil kabi ozbek xalqining suyukli yozuvchi, shoirlari mehmon boldi va sovrindorlar suyukli ijodkorlari qolidan sovgalarni qabul qilib oldi.

Taniqli soz ustasi Zokir Ochildiyev, estrada xonandalari Umar Shamsiyev, Nargiza Azimova va Shohzamonlar tadbirga bayramona ruhiyat baxsh etdi.

2 oyga yaqin davom etgan tanlovda minglab esselar orasidan 283 tasi tanlab olinib Esselar toplami deb nomlangan kitobda chop etiladigan boldi.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-05-2019, 16:14)
+2 (: 2)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
:
-
:
20 ... -