» » Qozogistondagi avtohalokatda Ozbekiston fuqarolari jabrlandi

Qozogistondagi avtohalokatda Ozbekiston fuqarolari jabrlandi


2019-yilning 19-may kuni taxminan soat 18:00 da Qozogistonning Mangistau viloyati Beyneu-Tajen avtomagistralining 82-kilometrida ichida 7 ta odam, jumladan 4 nafar Ozbekiston fuqarosi joylashgan Lada Largus yengil avtomobili ishtirokida yol-transport hodisasi sodir boldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligiOzbekistonning Qozogistondagi Elchixonasi malumotiga tayanib xabar bermoqda.

YTH oqibatida voqea joyida Turkiya fuqarosi vafot etdi, qolganlar Beyneu tuman kasalxonasiga joylashtirildi. Ayni paytda Ozbekiston fuqarosi Ashirov Bobomurad Bazarbayevich, 15.08.1991-y.da tugilgan, mazkur tibbiy muassasaning jonlantirish bolimida qolmoqda, qolgan jarohatlanganlarga, jumladan Ozbekiston fuqarolariga (Ashirov Durdimurad Bazarbayevich, 17.01.1990-y.da tugilgan, Shavxumov Karimbay Yuldashevich, 02.02.1980-y.da tugilgan, Gosharov Xayitmurad Atajanovich, 30.06.1984-y.da tugilgan) kasalxonadan ruxsat berildi.

Beyneu tumani politsiya bolimi tomonidan mazkur masala organilmoqda.

Jarohatlangan ozbekistonliklarga amaliy komak berish, jumladan B.Ashirovga sifatli tibbiy yordam korsatish uchun Elchixona Mangistau viloyati va Beyneu tumani mamuriyati bilan aloqa ornatdi. Ayni paytda fuqarolarni Ozbekistonga qaytarish boyicha choralar korilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (20-05-2019, 18:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -