» » Sobiq davlat maslahatchisi Muidjon Tohiriy 3,5 yilga qamaldi

Sobiq davlat maslahatchisi Muidjon Tohiriy 3,5 yilga qamaldi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi 16-may kuni O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq raisi Muidjon Tohiriyga nisbatan hukm chiqardi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Muidjon Tohiriy Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 207 (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 209 (mansab soxtakorligi) moddalarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybd0r deb topildi.

Sud bojxona mahkamasining sobiq rahbariga jazoni manzil-koloniyada o‘tashni ko‘zda tutuvchi 3 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda 3 yil muddatga rahbarlik va moddiy javobgarlik bo‘lgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum etgan holda EKIHning 400 baravari (81,1 mln so‘m) miqdorida jarima jazolarini tayinladi.

Eslatib o‘tamiz, sobiq davlat maslahatchisi Muidjon Tohiriy hibsga olingani haqida 2018-yil dekabrida ma’lum bo‘lgan edi.

Muidjon Tohiriy 2006—2008-yillarda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari, 2008-2010 yillarda O‘zbekiston Milliy xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

2010-yil sentabrdan 2011-yil iyungacha O‘zbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi bo‘lgan.

2011-yil iyun oyidan yana MXX raisi o‘rinbosari lavozimiga qaytgan va 2016-yil oxirigacha ishlagan.

Orada 2013-yilda Prezident xavfsizligi xizmatini ham boshqargan.

Uning so‘nggi ish joyi Davlat bojxona qo‘mitasi bo‘lib, 2016-yil 20-dekabrda rais etib tayinlangan va 2018-yil 12-fevral kuni ishdan olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют