» » Zelenskiy amaldorlardan uning portretini idoralarga osmaslikni so‘radi

Zelenskiy amaldorlardan uning portretini idoralarga osmaslikni so‘radi


Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘z inauguratsiyasidan so‘ng 20-may kuni parlamentda chiqish qilganida amaldorlardan idoralarida uning portretini osib qo‘ymasliklarini so‘radi. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali xabar berdi.

Zelenskiy “xalqqa xizmat qiladigan odamlar” hokimiyatga kelganidan keyin “boshqa imkoniyatlar”ni yaratishni va’da qildi va uning portreti ofislarga osib qo‘yilmasligini aytdi. U ushbu iltimosini “prezident — iloh emas” deb izohladi.

Davlat boshlig‘ining surati odatda osiladigan joyda, Zelenskiy rasmiylar va deputatlardan “farzandlarining suratlarini joylashtirishini va har bir qarorga kelishdan oldin ularning ko‘zlariga qarashini” taklif qildi.

Bolalar haqida gapirganda, Zelenskiy, saylovlardan keyin otasining oldiga kelib, endi u ham prezident ekanligini aytgan o‘z o‘g‘li haqida gapirib berdi.

“O‘shanda bu gap bolalarcha hazilga o‘xshagan edi. Hozir esa haqiqatga o‘xshaydi”, — deydi yangi davlat rahbari. So‘ng u endi Ukrainaning har bir fuqarosi prezident ekanligini e’lon qildi.

Zelenskiyning inauguratsiyasi 20-may kuni bo‘lib o‘tdi. Marosimda Viktor Yanukovichdan tashqari Ukrainaning barcha sobiq prezidentlari qatnashdi.

Ukrainaning yangi prezidenti o‘z nutqi davomida Oliy Radaning tarqatilishini e’lon qilib, deputatlarga u hukumatdan iste’foga chiqish, parlament immunitetini bekor qilish, noqonuniy boyish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishi uchun ikki oy muhlat berdi.

Marosim yakunida parlament spikeri Andrey Parubiy nutq so‘zlab, tantanali marosimni “quvnoq” tarzda o‘tganini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-05-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют