» » O‘zbekistonda “Zamonaviy maktab” davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident qarori muhokamaga qo‘yildi

O‘zbekistonda “Zamonaviy maktab” davlat dasturi to‘g‘risidagi Prezident qarori muhokamaga qo‘yildi


Xalq ta’limi vazirligi “Zamonaviy maktab” davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, 2019-yil 1-dekabrga qadar xalqaro tajribalar va mamlakatning tabiiy-iqlim sharoitlariga asoslanib, ekologik toza materiallar va energiyaning muqobil manbalaridan foydalanib, ilg‘or texnologiyalar va muhandislik yechimlarini qo‘llagan holda zamonaviy umumta’lim muassasalarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalari tasdiqlanadi.

2020-yildan boshlab davlat umumta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari tasdiqlangan “Zamonaviy maktab” namunaviy loyihasi va jihozlash me’yorlari talablari asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Shu bilan birga, 2020-yil 1-yanvarga qadar ta’limga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishini inobatga olgan holda umumta’lim muassasalarini zarur mebellar, zamonaviy o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter va multimedia vositalari bilan jihozlash va videokuzatuv tizimlarini joriy etish bo‘yicha yangi tahrirdagi jihozlash me’yorlari tasdiqlanishi belgilangan.

“Zamonaviy maktab” maqomiga ega bo‘lgan maktablarni rag‘batlantirish choralari sifatida maktab rahbariyati, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari va viloyat boshqaruv organlari hamda mahalliy boshqaruv organlarining ta’lim sifati yuqori “Zamonaviy maktab” maqomiga ega bo‘lgan maktablar sonini oshirishga intilishlarini kuchaytirish mexanizmini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

Bu maqsadga erishish uchun Xalq ta’limi vazirligi 2020-yil 1-fevralga qadar umumta’lim muassasalari faoliyatini “Zamonaviy maktab” darajasiga muvofiqlik sertifikatini berish uchun baholash mezonlari va “Zamonaviy maktab” darajasini berish tartibini belgilovchi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqadi.

Davlat dasturlari doirasida umumta’lim obyektlarida qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 tashabbusni amaliyotga tatbiq etish uchun qo‘shimcha xonalar (faollar zali, sport zali, kutubxona, kompyuter, texnologiya xonalari va o‘quv-ishlab chiqarish majmualari) qurilishi yoki mavjudlari ta’mirlanishi va to‘liq jihozlanishi inobatga olinadi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari umumiy o‘rta ta’lim maktablarida faollar zali, oshxona (bufet), kutubxona, o‘quv-ishlab chiqarish majmualari va sport maydonchalarini qurish, mavjudlarini zamonaviy ko‘rinishga keltirish va to‘liq jihozlash bo‘yicha 2020—2022-yillarga mo‘ljallangan hududiy manzilli dasturlarini qabul qilishlari rejalashtirilgan.

Qaror loyihasiga ko‘ra, 2020—2022-yillar davomida quvvati 1,7 million o‘quvchiga mo‘ljallangan 173 yangi maktab qurilishi, 1350 rekonstruksiya va 1312 kapital ta’mirlanishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, respublikadagi qo‘lbola (burjuy) pechlaridan foydalanib kelinayotgan 1726 ta maktabga 2020—2022-yillarda zamonaviy isitish tizimlari bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish konsepsiyasiga ko‘ra, 2030-yilga qadar 50 foiz maktablar “Zamonaviy maktab” darajasiga keltiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 02:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют