» » BMT bosh kotibi Instagram’da sahifasini ochdi. Undagi ilk fotolardan biri Orol fojiasiga bag‘ishlangan

BMT bosh kotibi Instagram’da sahifasini ochdi. Undagi ilk fotolardan biri Orol fojiasiga bag‘ishlangan


BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Instagram ijtmoiy tarmog‘ida o‘z sahifasini ochdi.

Guterrish birinchi bo‘lib joylashtirgan fotolardan biri 2017-yili O‘zbekistonda bo‘lib, Orol dengiziga borgan vaqtida olingan.

“Ikki yil avval Orol dengiziga borib, davrimizning eng yirik ekologik fojialaridan biriga guvoh bo‘lgandim. Orol dengizi qachonlardir dunyoda kattaligi bo‘yicha to‘rtinchi ko‘l bo‘lgan. Uning bir necha o‘n yilliklar mobaynida qurib borishi mintaqa xalqlari va hukumatlari uchun qator muammolarni keltirib chiqardi. Safarim davomida to‘g‘ri munosabat va qo‘llab-quvvatlash bo‘lgan taqdirda ko‘p narsa o‘zgarishi mumkinligini ham ko‘rdim”, — deya yozuv qoldirgan BMT bosh kotibi.

Guterrishning akkauntiga hozirgacha 42 mingdan ortiq kishi obuna bo‘lishga ulgurdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют