» » “Bizning umumiy jihatlarimiz bor”. Tramp Merkel bilan matbuot anjumanida Obama ma’muriyati telefon so‘zlashuvlarini tinglagani haqida hazil qildi

“Bizning umumiy jihatlarimiz bor”. Tramp Merkel bilan matbuot anjumanida Obama ma’muriyati telefon so‘zlashuvlarini tinglagani haqida hazil qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Angela Merkel bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida Barak Obama ma’muriyati vaqtida uning telefon so‘zlashuvlarini noqonuniy eshitishgani haqida yaqinda bergan bayonotiga izoh berdi. Bu haqda Meduza xabar qildi.

Nemis jurnalistining savoliga javob berayotganda, Tramp Merkelni ko‘rsatib: “O‘tgan ma’muriyatning telefon so‘lashuvlarini eshitishiga keladigan bo‘lsak, har holda, bizning umumiy jihatlarimiz bor”, — dedi.

Tramp shu tariqa AQSh maxsus xizmatining sobiq xodimi Edvard Snouden tomonidan oshkor qilingan ma’lumotlarga ishora qildi. 2013-yilda AQSh milliy xavfsizlik agentligi 2002-yildan beri Angela Merkelning telefon so‘zlashuvlarini eshitgani ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, boshqa davlatlar, shu jumladan AQSh ittifoqchilari rahbarlarining ham telefon so‘zlashuvlari tinglangan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-03-2017, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют