» » O‘zbekistonda shakar importi 165 barobarga oshdi

O‘zbekistonda shakar importi 165 barobarga oshdi


O‘zbekiston yanvar—aprel oylari davomida 66,1 million dollarlik shakar xomashyosini import qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib, Spot xabar berdi.

Hujjatda yozilishicha, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 165 marotabaga ko‘p demakdir.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, shakar xomashyosi importi joriy yil boshidan buyon ko‘tarilmoqda. Yanvar oyida 23,3 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, yanvar—fevral oyida — 38,9 million dollarga teng bo‘lgan. Yanvar—mart oyida esa 54,4 million dollar.

Shuningdek, tayyor shakar importi pasayishni davom etmoqda — bu ham joriy yil boshidan beri kuzatilyapti. O‘zbekiston I chorakda 21,7 million dollarlik xorij shakarini sotib olgan. Bu o‘tgan yilning I choragiga nisbatan 84 foizga kam demakdir.

Shu bilan birga endilikda O‘zbekiston Ukraina shakarini sotib oladigan asosiy xaridor emas — o‘tgan yili ukrain shakarining 90 foizi xarid qilingan bo‘lsa, hozirda ushbu ko‘rsatkich 10—15 foizga teng.

Xomashyo xaridining bu qadar ko‘tarilishi va tayyor shakar xaridining pasayishi O‘zbekiston mahalliy ishlab chiqarishga e’tibor qaratayotganidan dalolat beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют