» » Janubiy Koreyaning Jeonbuk texnoparki vakillari IUT rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi

Janubiy Koreyaning Jeonbuk texnoparki vakillari IUT rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi


Jeonbuk texnoparki direktori Li Yan Chun rahbarligidagi Janubiy Koreya delegatsiyasi Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda o‘quv yurti matbuot xizmati xabar bermoqda.

IUT birinchi prorektori, professor Cho Vu Sug mehmonlarga axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlaydigan O‘zbekiston—Koreya universiteti faoliyati, o‘qituvchi hamda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quv dasturi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Li Yan Chun Jeonbuk texnoparki faoliyati taqdimotini o‘tkazdi. Texnopark 2013-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda turli ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari hamda ishlab chiqarish kompaniyalari faoliyat ko‘rsatadi.

Jeonbuk texnoparki rahbarligidagi konsorsium qishloq xo‘jaligi texnikasini loyihalash bo‘yicha R&D markazini yaratish loyihasini amalga oshirishi ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasida Koreya tomoni uskunalar va dasturiy ta’minotlarni yetkazib beradi, mahalliy mutaxassislarni o‘qitadi.

Muzokaralar davomida tomonlar mazkur loyihani amalga oshirishga universitet talabalarini jalb etish masalasini muhokama qildi. Shuningdek, boshqa sohalarda, jumladan, tadqiqotlar o‘tkazish va tajriba almashish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-03-2017, 14:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют