» » Sitora Farmonova go‘zal bo‘lishning qiyinchiliklari haqida: Sizga doim hasad qilishadi

Sitora Farmonova go‘zal bo‘lishning qiyinchiliklari haqida: Sizga doim hasad qilishadi


Aktrisa Sitora Farmonova “Tengrinews” nashriga intervyu berdi. Sitora ushbu intervyuda ijodiy faoliyati va shaxsiy hayoti haqida so‘zlab berdi.

Nashr muxbirining “O‘z go‘zalligingizga qanday munosabat bildirasiz? Go‘zal bo‘lish qiyin emasmi?” degan savoliga aktrisa quyidagicha javob beradi:

“To‘g‘risini aytsam, ba’zan qiyin. Shaxsiy munosabatlarda bu rashk uchun yana bir sabab bo‘lishi mumkin. Hatto hech bir sababsiz. Siz hech narsa qilmasangiz, ham sizdan muntazam ravishda shubhalanishadi. Insonlarning hasadi ham bor. Insonlarga yaxshi munosabatda bo‘lasiz, o‘rniga esa hasad va nafrat olasiz.

Sizga doim hasad qilishadi, turli hiylalar o‘ylab topishga harakat qilishadi”.

Shuningdek, aktrisa nima sababdan hanuzgacha turmush qurmagani haqidagi savolga ham javob berdi:

“Balki faqat tashqi ko‘rinishimga qarab go‘zalligim va ijodimni baholamasdan, meni men istagandek tushuna oladigan, qabul qila oladigan insonni hali uchratmaganimdandir?”.

“Men ko‘p pul talab qilmayman. Chunki o‘zim yaxshi topaman. Ollohga shukur, pulga muhtoj emasman. Lekin ehtiyojlar har doim bo‘lgan. Hatto eng badavlat inson ham oxirigacha ko‘proq pul topib, yig‘ishga urinadi. Ba’zan shuncha pulim borku, bo‘ldi deb o‘ylaysan. Lekin yana davom etasan.

Men sevib qolishni istayman. Bu ham muhim ahamiyatga ega. O‘zim ham sevishim kerak. Sevgisiz turmushga chiqishim mumkin. Mercedes’da sayr qilishim, hashamatli saroyda yashashim mumkin. Biroq men bir marta yashayman, sevmagan insonim bilan pul uchun yashashni istamayman. Yaxshisi, men sevgan insonim bilan birga bo‘laman. Men bunday insonni hali uchratmadim. Mening asosiy talabim— vafoli bo‘lsin, qadrimga yetsin, ishonsin va albatta meni sevsin. Va albatta, pul topsin”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют