» » Maktablarda yangi o‘quv yilida kiyiladigan maktab formalari uchun oldindan pul yig‘ilyapti. Shu to‘g‘rimi?

Maktablarda yangi o‘quv yilida kiyiladigan maktab formalari uchun oldindan pul yig‘ilyapti. Shu to‘g‘rimi?


Xalq ta’limi vazirligi maktablarda yangi o‘quv yilida kiyiladigan maktab formalari uchun oldindan pul yig‘ilayotgani yuzasidan izoh berdi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-sonli “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2019—2020-o‘quv yilidan boshlab davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida zamonaviy yagona maktab formasi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Qarorda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ro‘yxatining hududlar bo‘yicha shakllantirilishi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda respublikaning har bir tuman (shahar) markazining aholiga qulay joylarida maktab formasini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning savdo shoxobchalarini tashkil etishlari, savdo shahobchalarining joylashish manzillarining ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinishi belgilangan.

Maktab direktorlari yoki sinf rahbarlari tomonidan yagona maktab formasini sotib olish jarayoniga aralashish qat’iyan taqiqlangan. Ota-onalar yangi formani tashkil etiladigan savdo shoxobchalaridan sotib olishlari lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют