» » Asli toshkentlik modelyer Jenya Kim Forbes ro‘yxatiga kiritildi

Asli toshkentlik modelyer Jenya Kim Forbes ro‘yxatiga kiritildi


Kelib chiqishi toshkentlik bo‘lgan dizayner Jenya Kim Rossiyaning 30 yoshga to‘lmagan eng nufuzli shaxslari ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda Repost xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, millati koreys bo‘lgan yosh dizayner 18 yil oldin O‘zbekistondan Rossiyaning Moskva shahriga ko‘chib o‘tgan. Osiyo madaniyati negizi asosida brend konsepsiyasiga ega bo‘lishdan oldin, u uch yil davomida sport va biznes uslubida o‘zini sinab ko‘rgan. Milliy libosning go‘zalligini ko‘rsatishga bo‘lgan harakatlari Kimni moda sanoatida mashhur qildi.

View this post on Instagram

J.Kim SS17

A post shared by J.Kim (@j.kim) on

16-dekabrda Jenya Kim Toshkentga keldi va o‘z brendini yaratish va yo‘lga qo‘yish mavzusida mahorat darslari va ma’ruzalar o‘tkazdi. Dizayner O‘zbekistonga Toshkentda tashkil qilingan 71publictalk loyihasining taklifiga binoan keldi.

View this post on Instagram

Russian-Korean cutie girl

A post shared by J.Kim (@j.kim) on

Forbes’ning “30 dan 30gacha”  reytingi daromadni namoyish qilmaydi, shuning uchun bu nashrda ishtirokchilarning shaxsiy daromadi e’tiborga olinmadi. Ro‘yxatda tadbirkorlar, ijodiy kasb egalari, xayriya o‘tkazuvchilar va sportchilar bor. Ular orasida Android robotining yaratuvchisi, Monako futbolchisi, “Yandex.Taxi”ning boshqaruvchi direktori, kvant blokcheyn yaratuvchisi, pop qo‘shiqchi va boshqa yosh qahramonlar bor.

View this post on Instagram

J.Kim FW17 still lifes @eugeneshishkin @ginaonegina

A post shared by J.Kim (@j.kim) on

View this post on Instagram

J.Kim FW17

A post shared by J.Kim (@j.kim) on



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют