» » Ozishga yordam beruvchi nonlarning 4 turi

Ozishga yordam beruvchi nonlarning 4 turi


Nonning kletchatkalar va foydali mikroelementlarga boy bo‘lgan turlari ozishga yordam beradi. Maqolamizda nonning foydali turlari to‘g‘risida o‘qiysiz.

Ozish uchun davlat standartlariga asosan tayyorlangan “Borodino javdar noni”ni izlash yaxshiroq. Bu nonda kaloriya oq nonga qaraganda 20% kamroq va kletchatkalar esa 4 marta ko‘proq.

Zig‘ir urug‘lari kletchatkalarga va yog‘ kislotalariga boyligi bilan juda mashhur. Ularda boshqa non turlarida kam uchraydigan selen, kaliy, marganets kabi ko‘plab foydali moddalar mavjud. Zig‘ir urug‘i qo‘shilgan mahsulotlar juda past glikemik indeksga ega. Bu uning ozish uchun mukammal vosita hisoblanishiga asos bo‘ladi.

Nonning  bu turi tarkibida glyuten bo‘lmaydi va sog‘liq uchun foydali hisoblanadi. Shifokorlar uni organizmdagi “yomon” xolesterinlar darajasini kamaytirish xususiyati uchun yaxshi ko‘rishadi.

Suli nonida glikemik indeks juda past, shuning uchun u ishtahani nazorat qilishga yordam beradi.

Tabiiy xamirturushlar va tozalanmagan unlar asosida tayyorlangan nonlar, afsuski kamdan-kam uchraydi. Bunday nonlar xususiy non tayyorlanadigan joylarda pishirilishi mumkin.

Manba: “Kleo.ru”

Опубликовано: admin (19-03-2017, 15:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют