» » Bekobodda chiqindixonadan ayol kishining jasadi topildi

Bekobodda chiqindixonadan ayol kishining jasadi topildi


20.05.2019-yil soat 14:00 larda Toshkent viloyati Bekobod shahar, O‘zbekiston mahallasi, Istiqbol ko‘chasi, 22-uyning ro‘parasida joylashgan chiqindixonada Bekobod shahar, Me’mor (Abbasova) ko‘chasida yashovchi fuqaro R.M.ning (1975-y.t., ayol kishi) murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura xabarida aytiladi.

Voqea joyiga zudlik bilan Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari, Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, viloyat prokurori, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hamda tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqdi.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur og‘ir jinoyatni fosh etish uchun barcha zaruriy tezkor-qidiruv va tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют