» » TIV: Sankt-Peterburgdagi ommaviy mushtlashuvda 4 nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi

TIV: Sankt-Peterburgdagi ommaviy mushtlashuvda 4 nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi


O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra 2019-yilning 19-may kuni Sankt-Peterburg shahrining Frunze tumanidagi kafeda sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv natijasida 4 nafar O‘zbekiston fuqarolari pichoqdan jarohat olgan. Bu haqda O‘zbekiston TIV xabar berdi.

Jarohatlangan fuqarolar quyidagilar:

- Ziyoyev Paxlavon Baxtiyorovich, 1987-yil 15-oktabrda tug‘ilgan;

- Ziyoyev Shaxriyor Baxtiyorovich, 1986-yil 3-sentabrda tug‘ilgan;

- Ziyayev Anvar Axrorovich, 1987-yil 7-iyulda tug‘ilgan;

- Maxmudov Abduaziz Madjidovich, 1995-yil 16-iyulda tug‘ilgan.

P.Ziyoyev va Sh.Ziyoyev I.Janelidze nomidagi Sankt-Peterburg ilmiy-tadqiqot institutiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun joylashtirilgan va ayni paytda operatsiya blokiga o‘tkazilgan. Mazkur holat bo‘yicha Rossiya Jinoyat kodeksi 111-moddasi 3-qismi (“Qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish”) bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Bosh konsulxona Sankt-Peterburg shahrining tegishli organlari bilan aloqa o‘rnatgan hamda mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют