» » O‘zbekistonning eng yaxshi oliygohlari, Forbes ro‘yxatiga kirgan asli toshkentlik modelyer, eng kam ish haqi atamasining o‘zgarishi va kunning boshqa xabarlari

O‘zbekistonning eng yaxshi oliygohlari, Forbes ro‘yxatiga kirgan asli toshkentlik modelyer, eng kam ish haqi atamasining o‘zgarishi va kunning boshqa xabarlari


21-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

O‘zbekistonning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari reytingi e’lon qilindi.

Reytingda kuchli uchtalikni Toshkentdagi OTMlar: Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti, Toshkentdagi Inha universiteti egallagan.

***

Kelib chiqishi toshkentlik bo‘lgan dizayner Jenya Kim Rossiyaning 30 yoshga to‘lmagan eng nufuzli shaxslari ro‘yxatidan joy oldi.

Millati koreys bo‘lgan yosh dizayner 18 yil oldin O‘zbekistondan Rossiyaning Moskva shahriga ko‘chib o‘tgan.

***

O‘zbekistonda eng kam ish haqi atamasi o‘zgardi.

2019-yil 1-sentabrdan boshlab ish haqining eng kam miqdori o‘rniga quyidagi miqdorlar belgilandi:

— Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 577 170 so‘m;

— Bazaviy hisoblash – 202 730 so‘m;

— Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 202 730 so‘m.

***

Sankt-Peterburgdagi ommaviy mushtlashuvda 4 nafar o‘zbekistonlik jarohatlandi.

2019-yilning 19-may kuni Sankt-Peterburg shahrining Frunze tumanidagi kafeda sodir bo‘lgan ommaviy mushtlashuv natijasida 4 nafar O‘zbekiston fuqarolari pichoqdan jarohat olgan.

***

O‘zbekistonda mehmonxonalar mijozlarga nikoh munosabatlaridan qat’i nazar xizmat ko‘rsatishi belgilandi.

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasining O‘zbekiston hududida mehmonxona xizmati ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

 Mazkur hujjatga ko‘ra, “Mehmonxona xizmatlari yashash joyi (propiska), fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qat’i nazar ko‘rsatilishi lozim”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют