Toshkentning Uchtepa tumani rahbariyati tayinlandi
Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga yangi hokim, soliq inspeksiya boshlig‘i, prokuror va Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Abdullayev Farxod Ravshanovich
Toshkent shahar Uchtepa tumani hokimi
35-Tuzel saylov okrugi deputati, kommunal xo‘jalik va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha doimiy raisi bo‘lgan.
Ashirmatov Rustam Maxmudjanovich
Uchtepa tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i
2017—2019-yillarda Toshkent viloyati Angren shahri davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i bo‘lgan.
Azimov Jobir Odilovich
Uchtepa tumani prokurori
2018—2019-yillarda Samarqand viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Axmedov Sayfullo Negmatovich
Uchtepa tumani bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
2018—2019-yillarda Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimini egallagan.
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
