» » Toshkent bojxonachilari sifati kafolatlanmagan kosmetika vositalarining chegaradan noqonuniy olib o‘tilishining oldini oldi

Toshkent bojxonachilari sifati kafolatlanmagan kosmetika vositalarining chegaradan noqonuniy olib o‘tilishining oldini oldi


Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan kosmetika va parfyumeriya vositalarining chegaradan noqonuniy olib o‘tilishining oldi olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari “Chelyabinsk—Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha kirib kelgan yo‘lovchi poyezdida bir qator xorijiy shaxslarning bojxona qoidabuzarliklarini fosh qildi.

Rossiyalik N.Gorkusha, B.Seidov, A.Murtazin va N.Romanyuklar respublikaga kirib kelar ekan, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib, qiymati 27,2 million so‘mlik 1000 donadan ortiq kosmetika va parfyumeriya vositasini olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, mazkur postda “Olmaota—Nukus” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi orqali kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi J.Usmanov umumiy qiymati 21 million so‘mdan ortiq bo‘lgan yetti turdagi atirni noqonuniy ravishda olib kirishga uringani fosh qilindi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari pochta jo‘natmalari orqali ham kosmetika va parfyumeriya vositalarining noqonuniy ravishda jo‘natilishiga doir bir nechta qonunbuzarlik holatlarini aniqladi.

Turkiyadan poytaxtlik N.Yarmatov nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda unda yo‘l-yuk hujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati 7,5 million so‘mlik 75 dona parfyumeriya vositasi borligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, Turkiyadan yetti nafar fuqaro nomiga yuborilgan pochta jo‘natmalari o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda, ushbu jo‘natmalarning har birida deyarli bir xil miqdorda va qiymatdagi jami 16 ming 500 dona avtomobil salonlari uchun mo‘ljallangan xushbo‘y purkagich borligi aniqlandi. Yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan mazkur tovarlarning umumiy qiymati salkam 50 million so‘mni tashkil qiladi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-03-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют