» » Orzungizdagi loyihani qurish oson

Orzungizdagi loyihani qurish oson


Benkam Alu Architects taqdim etgan, qurilishdagi yangi imkoniyatlar

U yoki bu binoni qurish haqida o‘ylar ekan, odatda, ko‘pchilik o‘z orzusidagi loyihani amalga oshirishni istaydi, lekin, bunda bir qancha qiyinchiliklarga duch keladilar.  Masalan, g‘oyalarni real hayotda amalga oshirishga bog‘liq murakkabliklar, mahalliy bozorda zamonaviy yechimlarning yo‘q ekani, yoki ularni chet eldan import qilish qimmatga aylanishi bunga misol bo’la oladi.

Bugungi kundagi keng ko‘lamli qurilishlar vaqtida, bozor zamonaviy yechimga ega kompaniyalarga ehtiyoj sezmoqda. Benkam Alu Architects arxitektorlarning nostandart g‘oyalari, yoki har qanday individual eskiz asosidagi, eng dadil fasad dizayni yechimlarini amalga oshirishga imkon beradi.

Benkam Alu Architects — bu yosh, tez rivojlanayotgan kompaniya bo‘lib, u alyuminiy profil tizimlarini loyihalashtirish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek u Rossiya, Yevropa va Amerika mamlakatlariga profil eksport qiluvchi  eng yirik distributor ham.

Fasad tizimlariga kelsak, bu fasadni qoplash va bino tomini yopish mahsulotlari  bo‘lib, imoratning sirtqi yuzalarini tashqi muhit ta‘siridan saqlashga mo‘ljallangan.

Yaxshi narx, sifat, arxitekturaviy imkoniyatlar va xususiyatlarning mutanosibligi sababli, Benkam Alu Architects mahsulotlari  — rekonstruksiya, kapital ta‘mir ishlari va uy qurilishida eng maqbul tanlov.

Texnik ma’lumotlarga kelsak, mahkamlash usulidan kelib chiqib, Benkam Alu Architects quyidagi fasad yechimlarini taklif etadi:

— Tayanch-rigelli va tirgak-rigelli

Bu fasad tizimlari universalligi va oddiyligi sababli, eng ko‘p tarqalgandir. Ular fasad karkasini hosil qiluvchi vertikal va gorizontal elementlardan iborat.

— Yarimoyna strukturali

Bu tizimning ustki yuzasida faqat bir turdagi profil - vertikal yoki gorizontal xili ko‘rinib turadi. Arxitekturaviy yechimdan kelib chiqib, tanlanadigan dekorativ elementli qisqichi bor. Steklopaketlar orasidagi chok maxsus, ob-havo ta’siriga chidamli germetik bilan to‘ldirilgan.

— To‘liq oyna strukturali

Strukturali tizimning tashqi yuzasida hech qanday alyuminiy elementlar ko‘rinmaydi. Shu sababli, binoga zamonaviy ko‘rinish beruvchi, yaxlit oynali devor taassuroti paydo bo‘ladi.

Benkam Alu Architects kompaniyasiga ishonch bildirgan ko‘p sonli qurilish tashkilotlari mahsulotlarimizning bu xususiyatlarini yuqori baholashga ulgurdilar. Ular ichida Compass va Eski Shahar SKM  shuningdek, Huvaydo TJM ham bor.

Benkam Alu Architects nafaqat fasad tizimlari, balki deraza-rom, eshik, va ikki yoqqa surilib, ochiluvchi  konstruksiyalarni loyihalashtirish bilan ham shug‘ullanadi.

Benkam Alu Architects kompaniyasi va uning xizmatlari haqidagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi raqam orqali olishingiz mumkin: 78 150 61 61.

Yoki tayyor mahsulotlarni ko‘rib, o‘rganish uchun, Imzo rasmiy shou-rumlari va Akfa dilerlik tarmog‘iga tashrif buyuring: 71 203 00 00.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют